Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlin: Yevropa va Rossiya AQShga qarshi birlashishi mumkin
Foto: RIA Novosti / Vitaliy Belousov
Vashingtonning Eron yadro kelishuvi bo‘yicha pozitsiyasi tufayli Yevropa AQShdan uzoqlashishi va Rossiya hamda Xitoyga yaqinlashishi mumkin. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel RND nemis nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Eron bilan [yadro kelishuvi bo‘yicha] bitimni bekor qilish Yaqin Sharqni keskin inqirozlar mintaqasiga aylantiradi», - dedi vazir.
Gabriel bu holatda yana yangi urush ehtimoli borligi haqida ham ogohlantirdi.
«Katta muammo shundaki, Eron bilan kelishuv Amerika ichki siyosati o‘yini bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Yevropaning bu masala bo‘yicha umumiy fikrga ega bo‘lishi juda muhim... Biz amerikaliklarga ularning xatti-harakati bizni, yevropaliklarni Eron masalasi bo‘yicha Rossiya va Xitoy bilan umumiy pozitsiyaga yaqinlashtirishi – AQShga qarshi bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yishimiz kerak», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Germaniya TIV rahbari.
Mavzuga oid
20:51 / 07.03.2026
Tramp Eronning «yomon xulqi» tufayli yangi nishonlarga «juda kuchli» zarbalar berilishini aytdi
20:26 / 07.03.2026
AQSh Eronni neft daromadlaridan mahrum qilmoqchi
18:05 / 07.03.2026
Eron prezidenti hujumga uchragan qo‘shni davlatlardan uzr so‘radi
17:15 / 07.03.2026