Jahon | 21:39 / 22.06.2026
885
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi

«Spravedlivaya Rossiya» partiyasi deputatlari Davlat Dumasiga migrantlardan har bir xalqaro bank o‘tkazmasi uchun 3% komissiya undirishni taklif qiluvchi qonun loyihasini kiritdi. Bu haqda partiya rahbari Sergey Mironov ma’lum qildi.

Foto: Sputnik / Evgeniy Epanchinsev

«Migrantlarning aksariyati Rossiyada hech qanday soliq to‘lamaydi, garchi ular mamlakatdan katta mablag‘larni olib chiqib ketsa-da, bu mablag‘lar Markaziy Osiyo davlatlarini rivojlantirish uchun ishlaydi. Shu bilan birga, Rossiya budjeti bu oqimdan bir tiyin ham – hech qanday soliq yoki yig‘im olmaydi. Barcha «qaymoq»ni o‘tkazmalar uchun komissiya joriy qilgan to‘lov tizimlari va banklar oladi. Bu xayriya ishlarini to‘xtatish vaqti keldi», dedi deputat.

Mironovning qo‘shimcha qilishicha, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, transchegaraviy o‘tkazmalarning aksariyati migrantlar hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yili Qirg‘izistonga rekord darajadagi 3,2 milliard dollar o‘tkazilgan bo‘lsa, 2025 yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 15 milliard dollarga yetgan. «Deputatlar transchegaraviy o‘tkazma summasining 3 foizigacha majburiy to‘lovni joriy etishni taklif qilmoqda», dedi u.

«Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, qonunning qabul qilinishi har yili budjetga qo‘shimcha 45 milliard rubldan ortiq mablag‘ olish imkonini beradi. O‘ylaymanki, bu keraksiz mablag‘ emas, qachondir bu bizning biznesimiz yoki aholi hisobidan emas, balki xazinaga qo‘shimcha bo‘ladi», deb xulosa qildi Mironov.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid