Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
U do‘stini qutqarish uchun suvga sakrab, oqib ketgan edi. Uni minglab odamlar qidirdi.
Rossiyaning Ingushetiya Respublikasidagi Sunja daryosida cho‘kib ketgan 8 yoshli Xizir Derbichevning jasadi qidiruv-qutqaruv operatsiyasining sakkizinchi kuni topildi.
Respublika hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, Xizirning jasadi 22 iyun kuni topilgan. Shundan so‘ng, FVV qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlanganini e’lon qildi.
Fojia 15 iyun kuni sodir bo‘ldi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Xizir ikki do‘sti bilan Sunja daryosi bo‘yida bo‘lgan. Bolalardan biri, Adam sirpanib suvga tushib ketgan va shox yoki daraxt ildizlariga ilinib qolgan. Xizir unga yordamga shoshilgan, lekin o‘zi oqimga bardosh berolmay, oqib ketdi. Uchinchi bola kattalarni chaqirdi va Adam qutqarildi.
Bu voqea katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Xizirni kichik qahramon deb atay boshladilar: odamlar u 8 yoshida kattalardek harakat qilganini, qo‘rqmaganini va do‘stini qutqarishga harakat qilganini aytdi.
Xizirni minglab odamlar: qutqaruvchilar, ko‘ngillilar va mahalliy aholi, shuningdek, Checheniston, Dog‘iston, Shimoliy Osetiya, Kabarda-Bolqor, Qorachoy-Cherkesiyadan kelgan ko‘ngillilar qidirdi.
Operatsiya ishtirokchilari Sunja o‘zani, qirg‘oqlari va unga tutash hududlarni ko‘zdan kechirdi. Ishlar ob-havo sharoiti tufayli qiyinlashdi: yomg‘irdan keyin suv sathi ko‘tarilib, oqim kuchaygan edi.
Qayd qilinishicha, bolaning jasadi oilasiga topshirildi. U o‘z qishlog‘ida dafn etiladi.
Mavzuga oid
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026
Ukraina Boshqirdiston va Kubandagi neft obektlarini nishonga oldi
09:10 / 15.07.2026