Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Denis Istomin «Toshkent Chellenjyer» turniri finaliga chiqolmadi
Toshkent shahrida 7 oktabr kunidan e'tiboran «Toshkent Chellenjyer» tennis musobaqasi start oldi.
Sovrin jamg‘armasi 125 ming AQSh dollarini tashkil qiladigan mazkur turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ham ishtirok etdi.
U «Toshkent Chellenjyer»iga yuqori kayfiyatda tashrif buyurgandi. Denis Istomin ikki hafta oldin Xitoyning Chendu shahrida o‘tkazilgan nufuzli turnirda bosh mukofotni qo‘lga kiritgan va buning natijasida dunyo reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarilib, 53-o‘ringa joylashgandi.
Toshkent turnirida birinchi raketka hisoblangan Istomin vatandoshi Farrux Do‘stovni 2:1, bosniyalik Aldin Shetkichni 2:0, belaruslik Vladimir Ignatikni 2:0 hisobida mag‘lub etib yarimfinalgacha yetib keldi.
Yarim finalda u ispaniyalik tennischi, turnirning 4-raketkasi Gilerme Garsiya-Lopes qarshiligini sindira olmadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi turnirda Istomin finalga qadar yetib borib, rossiyalik Konstantin Kravchukka 5:7, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib, turnir vitse-chempioniga aylangandi. Ta'kidlash joizki, Denis 2011 va 2015 yillarda ushbu turnirning bosh mukofoti sohibiga aylangan.
Endi musobaqa finalida Gilerme Garsiya-Lopes polshalik tennischi Kamil Maychrzak bilan bellashadi.
Tennis, «Toshkent Chellenjyer» turniri, erkaklar yakka bahsi
Ochiq kortlar, hard
Mukofot jamg‘armasi - 125 000 $
13 oktabr, 2017 yil
Yarimfinal
Denis Istomin (O‘zbekiston) - Gilerme Garsiya-Lopes (Ispaniya) - 6:7 (5:7), 4:6
Mavzuga oid
20:09 / 05.02.2024
Denis Istomin faoliyatini yakunladi
18:34 / 07.01.2023
O‘zbekiston va AQSh tennischilari Devis Kubogida bellashadi
19:14 / 24.07.2021
Tokio-2020 kundaligi: Birinchi kunda o‘zbekistonlik sportchilarning barchasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi
18:54 / 22.07.2021