Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyevning shov-shuvlarga sabab bo‘lgan fotosurati tasvirlangan futbolkalar paydo bo‘ldi
Foto: Tengrinews
«QAZAQSTAN» teleradiokorporatsiyasi boshqaruvi raisi Yerlan Karin Nursulton Nazarboyevning shov-shuvlarga sabab bo‘lgani fotosurati tasvirlangan futbolkani kiyib oldi, deya xabar qilmoqda Tengrinews.kz.
Taniqli siyosatshunosning fotosuratini Facebook’dagi sahifasida bloger Samat Nurtaza joylashtirdi. «Jahon siyosatida yumshoq kuch tushunchasi mavjud, aqlli kuch tushunchasi bor, Yerlan Karin esa dono kuchni o‘ylab topdi. Sochida olingan fotosuratning eng yaxshi ta'rifi», - deya ta'kidlab o‘tdi Nurtaza.
Avvalroq, Armaniston prezidenti Serj Sarkisyanning shaxsiy fotosuratchisi David Akopyan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning noodatiy suratini olgandi.
Fotosuratchining so‘zlariga ko‘ra, surat MDH davlatlari yetakchilarining zalga kirishi vaqtida olingan, u yerda kengaytirilgan shaklda uchrashuv o‘tkazilishi kerak edi.
«U MDH oqsoqoli. Uning yurishi juda ham ulug‘vor, nigohi kuchli. Shuning uchun bu surat yaxshi chiqdi. Menda Armaniston prezidentining fotosuratchisi sifatida ishlab kelayotgan yetti yillik faoliyatim davomida Nursulton Nazarboyevning ko‘plab suratlari bor. Ammo bunisi noyob», - dedi David Akopyan.
Mavzuga oid
11:46 / 09.01.2025
“Qozoqgeyt” ishi – AQSh Qozog‘iston prezidenti va bosh vazirini nimada ayblagan edi?
21:48 / 04.01.2025
To‘qayev davlat gazetasiga intervyu berib, Nazarboyevni ochiq tanqid qildi
19:24 / 03.01.2025
«Siyosiy andishasi bilan ajralib turmagan» - To‘qayev Nazarboyev haqida
16:27 / 03.01.2025