Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qualcomm kompaniyasi Xitoyda iPhone ishlab chiqarish taqiqlanishini talab qilmoqda
Foto: Mark Schiefelbein / AP
AQShning chiplar ishlab chiqaruvchi Qualcomm kompaniyasi intellektual mulk bo‘yicha Pekin sudiga Xitoyda iPhone ishlab chiqarilishini taqiqlash talabi bilan murojaat qildi. Kompaniya Apple’ni uning texnologiyalarini haq to‘lamagan tarzda qo‘llashda ayblamoqda. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
"Apple Qualcomm tomondan yaratilgan texnologiyalarni qo‘llab, ularga pul to‘lamayapti", deb aytdi Qualcomm matbuot kotibi Kristin Trimbl.
Qualcomm’ning eng taniqli mahsulotlari Snapdragon seriyasidagi protsessorlar hisoblanadi. Bu protsessorlar zamonaviy smartfon, planshetlarning aksariyatida va boshqa qurilmalarda qo‘llanadi. Qualcomm daromadining anchagina qismi, shuningdek, zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari asosida yotgan ixtirolardan patentlarga to‘g‘ri keladi.
Apple va Qualcomm o‘rtasidagi qarama-qarshilik 2017 yil boshida boshlangan. O‘shanda Apple Qualcomm‘ni litsenziyalashning adolatsiz amaliyotini qo‘llash, chiplarga narxlarni haddan tashqari oshirish va bozor yetakchisi maqomini suiiste'mol qilishda ayblab, unga qarshi aksilmonopol shikoyat bergan. Shundan keyin ko‘p o‘tmay Apple Qualcomm’ga litsenziya to‘lovlarini to‘lamay qo‘ygan.
Mavzuga oid
22:08 / 24.03.2026
Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari dizaynini keskin o‘zgartirishi kutilmoqda
08:34 / 06.03.2026
MacBook Neo - Apple’ning eng hamyonbop yangi noutbugi
21:57 / 04.03.2026
Apple eng arzon MacBook Neo noutbukini taqdim etdi
20:59 / 04.03.2026