Jamiyat | 22:09 / 13.10.2017
93826
3 daqiqa o‘qiladi

«Sentabr»mi yoki «sentyabr»?

Foto: zarnews.uz

«Qarindoshimning farzandi bu yil birinchi sinfga bordi. Uning o‘qishlarini o‘zimcha imtihon qilarkanman, navbatdagi jumboqni yecha olmay qoldim. Birinchi sinflar uchun berilgan kitoblarning birida «1-sentyabr», birida esa «1-sentabr» deb yozilgan. Aniqrog‘i, «Alifbe» kitobining 3-betida «1-sentabr», «Odobnoma» kitobining xuddi shu sahifasida «1-sentyabr» deb yozilgan. Zukko o‘quvchilarimizni sinab ko‘rishgan-da, aftidan.

Biz maktabda o‘qiganimizda lotinchada «sentabr», kirillchada «sentabr» yoziladi, deb o‘rgatishgandi. Bizga noto‘g‘ri o‘rgatishganmi yoki endi noto‘g‘ri o‘rgatishyaptimi, ochig‘i, bilmay qoldim. Men ushbu jumboqning javobini tezgina aniqlab, yosh o‘quvchiga to‘g‘risi qaysiligini aytishim mumkin. Muammo shundaki, biri «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat milliy nashriyotida, yana biri «Ma'naviyat» nashriyotida chop etilgan bu kitoblarni 572.416 nafar bola o‘qiydi. Xo‘sh,  572.416 nafar o‘quvchiga sinoat sirini kim tushuntiradi? O‘qituvchisi «Bu kitoblarga ishonmanglar, bolajonlar, aslida mana bunday yoziladi», deydimi?

Xullas, shularni o‘ylab tahririyatga xat yuborishga qaror qildim», deb yozadi «Zarafshon» gazetasi mushtariylaridan biri tahririyatga yo‘llagan o‘z xatida.

Xatga javoban mutaxassis fikri ham keltirilgan. SamDU ilmiy kengashi kotibi, dotsent Mardon Boltayevga ko‘ra, bundan bir necha yil oldin chop etilgan, 85.000 so‘zdan iborat «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da berilgan birgina xato bugun ana shunday ko‘plab tushunmovchiliklarga sabab bo‘lib kelmoqda. O‘sha kitobda «sentabr» va «oktabr» so‘zlari lotincha imloda qoidaga xilof ravishda «sentyabr» va «oktyabr» deb berilgan edi.

1993 yil 2 sentabrda «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga asosan, 1995 yil 24 avgustda «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida» Vazirlar Mahkamasining qarori e'lon qilindi. Ushbu hujjatga ko‘ra, «sentabr» so‘zi lotincha imlomizda «sentabr» deb, «oktabr» esa «oktabr» ko‘rinishida yoziladi. Bu borada hech qanday muhokamaga o‘rin yo‘q. Biror bir hujjatda lotin tiliga asoslangan o‘zbek alifbosida bu so‘z sentyabr yo oktyabr tarzida yozilishi ko‘rsatilmagan.

Mavzuga oid