Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina banklariga Qrim surati tushirilgan banknotalar bilan ishlash taqiqlandi
Foto: TASS
Ukraina milliy banki Ukrainadagi banklarga Rossiyaning yangi 200 rubllik banknotasi bilan ishlashni taqiqlab qo‘ydi. Gap shundaki, yangi banknotada Qrimdagi Xersones Tavricheskiy manzaralari tasvirlangan.
"Ukraina milliy banki Ukraina banklari (ularning filiallari va bo‘limlariga) va moliyaviy muassasalariga Rossiya Markaziy bankining Rossiya tomondan qo‘shib olingan Ukraina hududlari xaritalari, ramzlari, binolari, yodgorliklari, arxeologiya, arxitektura, tarixiy yodgorliklari, manzaralari va boshqa obektlari suratlari yoki Rossiya tomondan Ukraina hududlarining qo‘shib olinishi bilan bog‘liq matnlarga ega banknotalari bilan kassa, jumladan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishni taqiqladi", deb aytilgan Ukraina milliy banki xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainaning hududiy birligi bo‘lgan Qrim 2014 yil o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra Rossiya tarkibiga qo‘shilgan.
Mavzuga oid
11:48
RFning Zaporijjyaga zarbalari: turar joylar shikastlandi, yaralanganlar bor
10:55
RFda Putin figuralari sabab haykaltarosh Tilli ishi bo‘yicha sud belgilandi
09:12
Rim papasi Rossiyani Rojdestvoda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
08:42