Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda bir kun ichida 60 nafar terrorchi yo‘q qilindi
Afg‘oniston harbiylari bir kun ichida 60 nafar terrorchini yo‘q qilishdi. Yo‘q qilingan jangarilar orasida IShIDning 3 nafar jangarisi bo‘lgan. Bu haqda Afg‘oniston mudofaa vazirligi ma'lum qildi.
Terrorchilarga qarshi harbiy operatsiyalar aviatsiya va artilleriya ko‘magida 13 ta viloyatda o‘tkazilgan.
Harbiylar Uruzg‘an tumanida "Tolibon"ning 22 jangarisini, Qunduz viloyatida 14 nafar, Gilmendda 13 nafar, G‘azni va Farob viloyatlarida esa 8 nafardan jangarini yo‘q qilishgan.
IShID jangarilari Nangorhor viloyatida, Pokiston chegarasiga yaqin joyda yo‘q qilingan.
Afg‘onistonlik harbiylar orasida ko‘rilgan talofatlar haqida ma'lumot berilmagan.
Mavzuga oid
18:19
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026