Özbekiston Janubiy Osiyo yönalişidagi transport va tranzit taşuvlarida özining raqobat ustunligini saqlab qolmoqda. Bunga qöşni Afğoniston temir yöl tarmoğini kengaytiriş hamda mamlakatni mintaqalararo boğliqlik loyihalariga jalb etiş böyiça körilayotgan çoralar katta hissa qöşmoqda.
Yaqinda Balx viloyatida Afğonistonni Markaziy Osiyo bilan boğlaydigan eng muhim savdo arteriyalaridan biri bölgan “Hayraton–Mozori Şarif” temir yölining yakuniy beşinçi uçastkasi faoliyati qayta tiklandi. Özbekiston tomoni kömagida Naybobod stansiyasidan Mozori Şarifgaça bölgan temiryöl qismi töliq işçi holatga keltirildi. Mazkur yönalişdagi quruqlik porti bir vaqtning özida 50 tagaça vagonga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega.
2011 yildan buyon “Hayraton–Mozori Şarif” yönalişi orqali 50 million tonnadan ortiq yuk taşilgan bölib, şundan qariyb yarmi sönggi bir neça yil hissasiga töğri keladi. Bu esa Özbekiston–Afğoniston çegarasi orqali xalqaro yuk taşişuvlariga talab ortib borayotganini körsatadi. Natijada Toşkent va Kobul transçegaraviy logistika samaradorligini oşiriş böyiça amaliy hamkorlikni kuçaytirmoqda. Asosiy e’tibor yuklar harakatini soddalaştiriş va tezlaştirişga qaratilgan infratuzilmaviy islohotlarga qaratilgan.
2026 yil aprel oyida özbekistonlik mutaxassislar Naybobod temiryöl stansiyasida 1000 metr uzunlikdagi qöşimça kiriş yölini qurişni yakunladi. Bu yuk poyezdlarini köproq qabul qiliş, ularning turib qoliş vaqtini qisqartiriş hisobiga tirbandliklarning oldini oliş imkonini beradi. Keyingi bosqiçda uzunligi 1650 metr bölgan yana bir qöşimça temiryöl liniyasi va bir neçta zamonaviy omborlar qurilişi rejalaştirilgan.
Mazkur infratuzilmaviy kengayişlar “Termiz–Naybobod–Maydanşahr–Logar–Xarlaçi” yönalişi böyiça Transafğon temiryöli qurilişi loyihasi bilan uzviy boğliq. Kobul koridori deb ataluvçi uşbu loyiha Qozoğiston, Özbekiston va Afğoniston orqali ötuvçi muqobil “Şimol–Janub” transport öqini yaratiş uçun asos bölmoqda. U Yevropa, Markaziy Osiyo, Şarqiy va Janubiy Osiyo bozorlarini dengiz savdo yöllarini çetlab ötgan holda eng qisqa quruqlik marşruti orqali boğlaydi. Transafğon magistrali işga tuşganidan keyingi dastlabki ön yil davomida yiliga 22 million tonnagaça yuk taşilişi, keyinçalik esa bu körsatkiç 34 million tonnagaça yetişi kutilmoqda.
2023 yildan buyon uzunligi 5532 kilometr bölgan “Belarus–Rossiya–Qozoğiston–Özbekiston–Afğoniston–Pokiston” multimodal koridori şakllanmoqda. Uşbu logistika zanjiri orqali yuklarni Janubiy Osiyoga 20 kun içida, ya’ni dengiz yöllariga nisbatan uç baravar tez yetkaziş mumkin böladi. Uni kelajakda Yevropa va Hindiston tomon kengaytiriş istiqboli mavjud. Transafğon temir yöli işga tuşgaç, yangi koridor monomodal holatga kelibgina qolmay, bir baqtning özida Eron orqali ötuvçi amaldagi “Şimol–Janub” xalqaro transport koridoriga qaraganda ança qisqa yölga aylanadi.












