Behayo mazmundagi materiallarni olib kirmoqchi bo‘lganlar fosh etildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 1997 yil 10 oktabrdagi “Tovarlar eksportini rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi farmoniga ko‘ra, pornografik mazmundagi materiallarni respublika hududiga olib kiritilishi taqiqlangan. Lekin shunga qaramasdan, ba'zi fuqarolar tomonidan behayolikni targ‘ib qiluvchi pornografik mazmundagi materiallarni davlat hududiga olib kirishga urinish holatlari uchramoqda.
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 14 sentabr kuni “Moskva–Urganch” yo‘nalishi bo‘ylab, Moskva shahridan Urganch shahriga uchib kelgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani Ullibog‘ ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi R.Aytbayev o‘ziga tegishli bo‘lgan “EXPLAY SHINE” rusumli plansheti va “SAMSUNG GALAXY NOTE 3” rusumli uyali telefon apparati xotiralarida pornografik mazmundagi 252 ta videolavha va 68 ta fotosuratlarni olib kirishga urishinish holati “Urganch aeroport” chegara bojxona posti hodimlari tomonidan aniqlanib, ma'muriy ish yuritilgan. Mazkur holat yuzasidan sud organlari tomonidan huquqbuzarga tegishli 2ta elektron qurilmasi ham davlat foydasiga musodara qilindi va qonunda belgilangan tartibda jazo choralari qo‘llanildi.
Shuningdek, 2017 yil 20 sentabr kuni “Moskva–Urganch” yo‘nalishi bo‘ylab, Moskva shahridan Urganch shahriga uchib kelgan fuqaro D.Ollaberganovga tegishli bo‘lgan uyali telefon bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, uning xotirasida 320 dona pornografik mazmundagi videolavhalar hamda 75 dona pornografik mazmundagi fotosuratlar borligi aniqlanib, behayo mazmundagi materiallarni mamlakatga kirib kelishiga chek qo‘yildi.
Qayd etilishicha, viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida pornografik mazmundagi materiallar bilan bog‘liq 381 ta holat aniqlangan bo‘lib, qariyb 15 mingdan ortiq pornografik mazmundagi materiallarni respublika hududiga olib kirilishining oldi olindi.
Mavzuga oid
18:04 / 18.11.2024
Urganch shahriga 50 ta zamonaviy avtobus keltirildi
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
10:50 / 28.10.2024
Xorazmda ayrim loyihalar uchun Polsha texnologiya va investitsiyalari jalb qilinadi
16:26 / 16.10.2024