O‘zbekiston | 16:23
326
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi

1 iyuldan boshlab Xorazm viloyatida ham jamoat transportida yo‘lkira haqini to‘lash bosqichma-bosqich to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. Trolleybuslarda bir yo‘lovchi uchun yo‘lkira haqi 3000 so‘m etib belgilandi. Og‘irligi 20 kilogrammdan ortiq bo‘lgan bagajni tashish uchun bir martalik to‘lov 4000 so‘mni tashkil etadi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

Xorazm viloyatida jamoat transportida yo‘lkira haqini to‘lash bosqichma-bosqich to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Xorazm viloyati hokimining 18 iyundagi qaroriga muofiq, birinchi bosqichda 1 iyuldan SHI-4, SHI -5, SHI -7, SHI -13, SHI -18, SHI -19 va SHI -28 avtobus yo‘nalishlari, shuningdek, T1-sonli «Urganch shahri — Xiva shahri» trolleybus yo‘nalishida naqd pulsiz to‘lov tizimi joriy etiladi. Ushbu yo‘nalishlarda to‘lovlar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Ikkinchi bosqichda esa qolgan avtobus va trolleybus yo‘nalishlarida brutto-shartnomalar rasmiylashtirilganidan keyin ushbu tartib joriy etiladi. Shundan so‘ng yo‘lkira haqini to‘lash ham to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi.

 Shuningdek, qaror bilan trolleybuslarda bir yo‘lovchi uchun yo‘lkira haqi 3000 so‘m (QQS bilan) etib belgilandi. Og‘irligi 20 kilogrammdan ortiq bo‘lgan bagajni tashish uchun bir martalik to‘lov 4000 so‘mni tashkil etadi.

 Bundan tashqari, elektron to‘lov tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida D215 «Urganch — Xiva» avtomobil yo‘li bo‘ylab joylashgan bekatlar infratuzilmasini takomillashtirish ham rejalashtirilgan. Xususan, chiptalarni xarid qilish uchun infokiosklar o‘rnatiladi, zarur texnik vositalar va elektr ta’minoti quvvatlari bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid