O‘zbekiston | 18:58 / 14.10.2017
15537
2 daqiqa o‘qiladi

Islom universiteti rektori AYSeSKO Ijroiya qo‘mitasida O‘zbekiston vakili etib belgilandi

Foto: Islom universiteti

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 12 oktabr kuni «Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (AYSeSKO) bilan hamkorlik to‘g‘risida»gi qarorni chiqardi.

Ta'lim, fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, O‘zbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi yutuqlarini keng targ‘ib qilish, mamlakatning islom taraqqiyotidagi buyuk rolini keng yoritish, respublikaning qadimgi tarixi va madaniy merosi bilan tanishtirish, Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (AYSeSKO) doirasida O‘zbekistonning ma'naviy aloqalarini kengaytirish maqsadida, shuningdek Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (AYSeSKO) Nizomiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:

YuNeSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti bilan o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi;

Toshkent islom universiteti rektori AYSeSKO Ijroiya qo‘mitasida O‘zbekiston vakili etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yil va kelgusi yillar uchun respublikaning xalqaro tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan majburiy to‘lovlari ro‘yxatini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasining AYSeSKOga yillik a'zolik badalini to‘lash uchun mablag‘ ajratishni nazarda tutadi.

Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 dekabrdagi 629-son qarori bilan tasdiqlangan YuNeSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekison Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Komilov zimmasiga yuklandi.

Mavzuga oid