Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Buyuk Britaniya Eronni kiberhujumda ayblamoqda
Buyuk Britaniya parlamentiga 24 iyun kuni amalga oshirilgan xakerlik hujumiga Eron mas'uldir. Bu haqda Daily Telegraph hukumatdagi manbalarga tayangan holda xabar qilgan. Maqolada ta'kidlanishicha, dastlab parlament tarmog‘iga hujum ortida Rossiya turgani taxmin qilingan, ammo razvedka xizmati Eron bunga mas'ul bo‘lgan, degan xulosaga keldi.
Gazetaning xabar berishicha, hujumga nima sabab bo‘lgani noma'lum, ammo nashr ekspertlarining fikricha, islom inqilobi qo‘riqchilari Korpusi yadroviy kelishuvni buzish uchun kiberhujumdan foydalangan bo‘lishi mumkin. Sababi Eron yadro qurolini ishlab chiqishni davom ettirmoqchi ekani aytildi.
Iyun oyida xakerlar Britaniya parlamentining kompyuter tizimiga hujum qilishdi. Bir kundan ortiq vaqt mobaynida deputatlar elektron pochtani masofadan turib ishlata olishmadi. The Times gazetasi xabariga ko‘ra, britaniyalik davlat xizmatchilarining elektron pochtalari maxfiy so‘zlari rus xakerlarida savdo masalasiga aylangan. Nashr rus tilidagi saytlardan birida siyosatchilarning elektron pochtalari va ularning maxfiy so‘zlari sotuvga qo‘yilganini aniqladi. Ro‘yxatda parlament va uning ma'muriyatining 1 ming a'zosi, politsiyaning 7 ming xodimi va Buyuk Britaniya TIVning 1 mingdan ortiq amaldorlari akkaunti haqida ma'lumot bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:53 / 24.12.2025
Greta Tunberg Londonda Falastinga bag‘ishlangan aksiyada qo‘lga olindi
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
18:13 / 19.12.2025
Britaniya «Rossiya bilan aloqalari tufayli» O‘zbekistonning 4 ta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
22:28 / 17.12.2025