Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarini qurish taqiqlandi
Foto: Fornovogas
O‘zbekiston hukumati mahalliy hokimiyatlarga 2017 yil 1 dekabrdan boshlab yangi avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarini (AGQSh) qurish uchun yer ajratishni taqiqladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 11 oktabrdagi qarorida belgilab qo‘yilgan.
Shu bilan birga, mavjud AGQShlarni avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga (AGTKS) bosqichma-bosqich o‘zgartirish rejalashtirilgan. Yoqilg‘i quyish shoxobchalarini o‘zgartirishning batafsil rejasi joriy yilning dekabr oyi o‘rtalariga qadar ishlab chiqiladi.
«O‘zbekneftegaz» Janubiy Koreyaning NK Group kompaniyasi bilan birgalikda uskunalarni sotib olishni yengillashtirish va xarajatlarni kamaytirish maqsadida, statsionar va ko‘chma AGTKSlar uchun uskunalar, ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish, shuningdek. ularga servis xizmati ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etadi.
2019 yil oxiriga qadar respublika bo‘ylab 178 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasini qurish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatda hozirda 569 ta shunday shoxobcha mavjud.
Mavzuga oid
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025
Qatag‘on qurbonlari merosini targ‘ib etish bo‘yicha dastur tasdiqlandi
19:07 / 02.11.2025