Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Indoneziyami, Janubiy Koreyami, nima farqi bor": rossiyalik vazir Putinning kulgisini qistatdi
Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachyov qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Indoneziya va Janubiy Koreyani adashtirib yuborib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning kulgisini qistatdi. Ushbu holat tasvirlangan video Kremlning rasmiy saytida joylashtirildi.
Yig‘ilish vaqtida Tkachyov ishlab chiqaradigan cho‘chqa go‘shtining katta qismini Indoneziyaga eksport qiladigan Germaniyani misol tariqasida keltirib o‘tgan. U Germaniya cho‘chqa go‘shtini eksport qiladigan davlatlar qatorida Indoneziyani ham aytib o‘tgan. Biroq sinchkov Putin vazirning gapini bo‘lib, uning xato so‘zlayotganiga ishora qilgan.
"Indoneziya – musulmon davlat, u yerda cho‘chqa go‘shti yeyilmaydi", deb aytgan Putin.
Shunda Tkachyov sir boy bermay, "Janubiy Koreya... Nima farqi bor?", deb kulgu bilan javob qilgan.
Putin vazirning bu javobidan kulgusi qistab, yuzini qo‘llari bilan yopib olgan.
Mavzuga oid
09:09 / 22.04.2026
Rossiyada barcha “front uchun” ishlashi kerak - Putin
20:59 / 21.04.2026
Bonya propagandachilarga qarshi. Nimalar bo‘lmoqda?
16:37 / 17.04.2026
«Agressiv ohang yuqorilamoqda» - siyosatshunos Putinning yangi qonuni haqida
10:36 / 17.04.2026