Jahon | 18:50 / 16.10.2017
8382
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston delegatsiyasi Dushanbedagi iqtisodiy hamkorlik forumida​ ishtirok etmoqda

Bugun, 16 oktabr kuni Dushanbe shahrida ish boshlagan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarboyjon bilan Arab iqtisodiy hamkorlik forumida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimi poytaxtdagi hukumat qarorgohida o‘tkazilib, unda prezident Imomali Rahmon barcha mehmonlarni samimiy qutlab, forum muhokamasiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

Ayni paytda forumda 28ta davlat delegatsiyalari ishtirok etmoqda, shulardan 22tasi Arab mamlakatlar Ligasiga a'zo davlatlar hisoblanib, qolganlar ishtirokchilar Markaziy Osiyo beshligi va Ozarboyjon sanaladi.

Tadbirning rasmiy ochilish qismida Jibuti Tashqi ishlar vaziri - Arab mamlakatlari Ligasi vazirlari Kengashi raisi Mahmud Ali Yusuf va Bosh kotib Ahmad Abulg‘ayt nutq so‘zladi.

Forum yakunida arab davlatlari va Markaziy Osiyo beshligi hamda Ozarboyjon o‘rtasida iqtisodiy, madaniy hamkorlik masalalari yangi bosqichga chiqishi kutilmoqda. Shu jumladan, BAA tijorat banklaridan bir nechtasi Tojikistonda faoliyat yuritish taklifini bildirdi.

Ertaga bo‘lib o‘tadigan forum muhokamalarida yangi kelishuv hamda Dushanbe deklaratsiyasini imzolash rejalashtirilgan.

Mavzuga oid