O‘zbekiston | 12:15 / 17.10.2017
5800
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona vodiysi sudlari USAID va BMTdan multimedia uskunalarini oldi

Foto: Uzdaily

«Qonun ustuvorligi sohasida sheriklik» loyihasi Farg‘ona vodiysining fuqarolik ishlari bo‘yicha 15 tumanlararo sudiga E-SUD milliy elektron sud yurituvi axborot tizimiga ulanish imkonini beradigan 57 ta zamonaviy kompyuter majmualarini taqdim etdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudida ushbu tadbirga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen ishtirok etdi.

Yangi texnika O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Xalqaro taraqqiyot bo‘yicha Agentligi (USAID) va BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturining «O‘zbekistonda qonun ustuvorligi sohasida sheriklik» loyihasi doirasida taqdim etildi.

Jami 60 ming dollarlik multimedia uskunalari E-SUD innovatsion elektron sud yurituvi tizimiga ulanish imkonini beradi, bu ishlarni ko‘rib chiqish uchun vaqtni sezilarli qisqartiradi va fuqarolarning sud tizimiga kengroq kirishini ta'minlaydi.

E-SUD tizimi 2013 yilda ishlab chiqilgan va o‘sha paytda faqat bitta sinov tariqasidagi sudda ishlagan. Bugungi kunga qadar butun mamlakat bo‘ylab E-SUD tizimidan foydalanish bo‘yicha seminarlarda 950 ga yaqin mutaxassislar tayyorlandi va tizim fuqarolik ishlari bo‘yicha barcha 75 ta sudda faoliyat yuritmoqda. E-SUD tizimini joriy etish natijasida hujjatlarni yo‘qotish holatlari butunlay yo‘qoldi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi 50 foizga oshdi.

Mavzuga oid