Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Forbes eng ko‘p haq oladigan yulduzlarni tanladi
Amerikaning Forbes jurnali Yevropaning 2017 yildagi eng ko‘p haq oladigan yulduzlari ro‘yxatini e'lon qildi. Unda birinchi o‘ringa britaniyalik yozuvchi Joan Rouling munosib ko‘rilgan. Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, yozuvchi ayol 12 oy mobaynida 95 mln dollar ishlab topgan.
Ikkinchi o‘rinda portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu (93 mln dollar) bormoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Buyuk Britaniyaning Coldplay guruhi va Adel (tegishli ravishda 88 mln dollar va 69 mln dollar) egallab turibdi.
Shveytsariyalik tennischi Rojyer Federer bir yilda 64 mln dollar ishlab topib, ro‘yxatning beshinchi o‘rniga joylashtirilgan.
Undan so‘ng yana Buyuk Britaniya vakillari ro‘yxatga kiritilgan. Kuchli o‘nlikni musiqachi Elton Jon va bosh oshpaz Gordon Ramzi (60 mln), musiqachi Pol Makkartni (54 mln), golfchi Rori Makilroy va dijyey Kelvin Harrislar tugatgan.
Mavzuga oid
08:45
Internet eng arzon va eng qimmat bo‘lgan davlatlar reytingi e’lon qilindi
18:55 / 20.06.2026
Nodirbek Abdusattorov jahon shaxmat reytingida eng yuqori uchtalikka kirdi
09:00 / 13.06.2026
25 yilda dunyoning eng boy davlatlari reytingi qanday o‘zgardi?
08:17 / 01.06.2026