Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT kuzatuvchi davlatida o‘lim jazosi tiklanishi mumkin
Mo‘g‘uliston prezidenti Xaltmaagiyn Battulga, mamlakatda o‘lim jazosi amaliyotini qayta tiklash zarurligi va buning uchun huquqshunoslar guruhini tashkil etganini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Montsame mahalliy nashri.
«Bugungi kunda Mo‘g‘uliston hukumati o‘lim jazosini bekor qiladigan darajada yetarli rivojlanmagan. Shaxslar paydo bo‘lganida, jamiyat esa yetarlicha barqarorlikka erishganda bu haqda gapirish yaxshiroq bo‘ladi», - deya ma'lum qildi Battulga.
Bu pozitsiyadan kelib chiqib, davlat rahbari Mo‘g‘ulistonda o‘lim jazosini qayta tiklashni o‘rganish uchun huquqshunoslar ishchi guruhini tuzdi.
Eslatib o‘tamiz, 2012 yilga qadar Mo‘g‘ulistonda yosh bolalarni zo‘rlash va alohida shafqatsizlik bilan o‘ldirishga bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar uchun oliy jazo qo‘llanilgan.
2015 yil dekabr oyida Mo‘g‘uliston Jinoyat kodeksining yangi nashri qabul qilindi, unga ko‘ra o‘lim jazosi rasmiy ravishda jazolar tizimidan chiqarildi.
Mamlakatda o‘lim jazosidan foydalanish to‘g‘risidagi ma'lumotlar davlat siri bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
08:38 / 18.05.2026
2025 yilda dunyo bo‘yicha 2700 dan ortiq kishi qatl etildi
17:00 / 31.03.2026
Isroil parlamenti «terrorizm»da ayblangan falastinliklar uchun o‘lim jazosi kiritdi
10:06 / 09.03.2026