Jahon | 23:04 / 17.10.2017
11135
2 daqiqa o‘qiladi

Zimbabveda jallod lavozimiga 50 dan ko‘proq odam qiziqish bildirdi

Foto: AP Photo / Tsvangirayi Mukwazhi

Zimbabveda 10 yildan beri bo‘sh qolayotgan jallod lavozimiga 50 dan ko‘proq odam ishga qabul qilish arizasini topshirdi. Bu haqda mamlakat adliya vaziri o‘rinbosari Virginiya Mabxiza ma'lum qildi.

Zimbabveda o‘lim jazosi dorga osish orqali amalga oshiriladi. Oxirgi marta oliy jazo 2005 yilda ijro etilgan, biroq mamlakat hukumati o‘lim jazosiga rasman moratoriy e'lon qilmagan.

"Odamlar katta qiziqish bildirmoqdalar. Ushbu ishga munosabat bildirganlar ko‘p bo‘ldi, biz jallod lavozimini egallash uchun erkaklar bilan bir qatorda ayollardan ham arizalar oldik. Biz bir necha oy ichida 50 dan ko‘proq ariza oldik", deb aytdi Mabxiza. Biroq u ushbu lavozimga aniq bir kishi qachon tayinlanishini ma'lum qilmagan.

Nashrning ta'kidlashicha, Zimbabvening sobiq adliya vaziri Emmerson Mnangagva o‘lim jazosiga qat'iyan qarshi chiqqan, biroq uning izdoshi Xappiton Bonongve bu masala borasida o‘z fikrini hali bayon etmadi.

Mavzuga oid