Zimbabve hukumati politsiya xodimlariga iş vaqtida mobil telefonlardan foydalanişni taqiqladi, deb xabar beradi BBC.

Qayd etilişiça, endi barça xodimlar iş joyiga kelgan vaqtida mobil telefonlarini rahbariyatiga topşirişlari kerak — undan faqat tanaffusda foydalanişga ruxsat beriladi. Mazkur taqiqqa nima sabab bölgani noma’lum, ammo taxminlarga köra, bu politsiyaçilar orasida korrupsiyaga qarşi kuraşni kuçaytirişga qaratilgan sa’y-harakat bölişi mumkin.

Yangi tartib bir neça kun oldin mamlakat poytaxti Harareda politsiya xodimlari jamoat transportida pora olgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalganidan keyin joriy etilmoqda.

Politsiya uçastkalari xodimlariga yangi taqiqqa rioya etilişini nazorat qiliş buyurilgan, bunga böysunmagan xodimlar javobgarlikka tortiladi.

«Agar xizmat majburiyatlarini bajarayotgan politsiyaçining yonidan mobil telefon topilsa, uşbu xodimga mas’ul bölgan şaxsga javobgarlik belgilanadi», — deyiladi xabarda.

Zimbabve politsiyasi maoşlarning kamligi va iş şaroitining yomonligi tufayli mamlakatdagi eng korrupsiyaga botgan tizim hisoblanadi.