Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay osmonida kuzatilgan noma'lum obektga tushuntirish berildi
Foto: Reem Mohammed / The National
16 oktabrda kechki vaqt BAAning Dubay va Abu-Dabi shaharlari osmonida meteorit va noma'lum uchar jism deb qabul qilingan antiqa chaqnoq kuzatildi. Ushbu obekt osmonda mahalliy vaqt bilan 19.30da payqalgan. U o‘z ortidan qizil rangli iz qoldirgan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Bunda biror-bir ovoz eshitilmagan.
Shundan keyin voqea ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilina boshlangan. Ba'zilar bu yonayotgan samolyot bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgan, biroq mahalliy koinot markazi bu meteor ekanligini ma'lum qilgan.
Biroq keyinroq bir qator aerokoinot saytlari va Dubay astronomik guruhi bu jism yer atmosferasiga kirish vaqtida bo‘laklanib ketgan Rossiyaning "Progress MS-07" yuk kemasi bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilishgan. Ta'kidlanishicha, kema atmosferaga kirganda bir necha bo‘lakka bo‘linib, yorqin mushak kabi yonib ketgan.
Avvalroq kema Xalqaro koinot stansiyasiga 2,75 tonna suv, oziq-ovqat va ilmiy qurilmalarni yetkazib bergan va ortga qaytish vaqtida yonib ketgan.
"Progress MS-07" orbitaga 14 oktabrda "Soyuz-2.1a" raketasi yordamida olib chiqilgan. 16 oktabrda esa XKS bilan birikkan.
Mavzuga oid
22:42 / 28.03.2026
Eron Dubaydagi “Ukraina ombori”ga zarba berganini ma’lum qildi
10:08 / 24.03.2026
Toshkent–Dubay yo‘nalishidagi qator reyslar bekor qilindi
23:11 / 18.03.2026
Erondagi urush Dubayning moliyaviy markaz sifatidagi maqomiga qanday ta’sir qilyapti?
19:57 / 18.03.2026