Tillerson: AQSh Afg‘onistonda tinchlik bo‘lmaguncha u yerni tark etmaydi
AQSh Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilmaguncha bu davlatda qoladi, deb aytdi AQSh davlat kotibi Reks Tillerson. U bu haqda Vashingtondagi Strategik tashabbuslar markazidagi nutqida aytib o‘tdi.
"Toliblar va boshqa tashkilotlarga aytadigan so‘zimiz shuki, biz Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik tiklanmaguncha, u yerdan ketmaymiz", deb aytgan Tillerson.
AQShning Afg‘onistondagi harbiy kampaniyasi AQSh tarixidagi eng uzoq davom etuvchi kampaniyasi bo‘ldi. U 13 yildan beri davom etib kelmoqda. AQShning Afg‘onistondagi eng ko‘p qo‘shinlari soni 2010 yilda 140 mingni tashkil qilgan. Ayni vaqtda Afg‘onistonda 11 mingdan ko‘proq amerikalik harbiy bor.
Harbiy harakatlar vaqtida 2300 dan ko‘proq amerikalik harbiy halok bo‘lgan va 17 ming 674 nafari yaralangan. Shuningdek, xalqaro koalitsiyaning minglab harbiylari yaralangan. Snaryadlar portlashi, bombardimonlar, uylar bo‘ylab o‘tkazilgan tungi reydlar va o‘zaro otishmalar oqibatida 21 minglik mahalliy aholi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024