Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kataloniya Ispaniya uning muxtoriyatini to‘xtatsa, mustaqillik e'lon qilishini aytdi
Foto: RIA Novosti / Xaver Luengo
Kataloniya hukumati rasmiy Madrid konstitutsiyaning Kataloniya muxtoriyatini to‘xtatish imkonini ko‘zda tutuvchi 155-moddasini qo‘llasa, o‘z mustaqilligini e'lon qilishini ma'lum qildi. Bu haqda El Mundo nashri o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.
Nashr bunda Kataloniya Yevropa demokratik partiyasi bosh koordinatori Marta Paskalning so‘zlarini keltirib o‘tdi. Paskalning aytishicha, "agar konstitutsiyaning 155-moddasi qo‘llansa, Kataloniya 1-O mandatini (1 oktabrdagi referendum natijalariga ko‘ra mustaqillikni e'lon qilish mandati) bajarishga tayyor".
Nashrning ta'kidlashicha, Kataloniya hukumati Ispaniya hukumati qanday qadamlar amalga oshirishini kuzatib boradi.
Ma'lum qilinishicha, keyingi haftada, ehtimol dushanba yoki seshanbada Kataloniya mustaqilligi e'lon qilingani haqida xabarlar paydo bo‘lishi mumkin. Mustaqillik e'lon qilinishi esa ko‘p jihatdan Ispaniyaning 155-moddani faollashtirish rejasiga bog‘liq bo‘ladi.
Ispaniya hukumati Kataloniya jyeneralitetidan (parlamenti) mustaqillik e'lon qilingani yoki yo‘qligi borasida aniq javob berishni talab qilmoqda.
Mavzuga oid
11:37 / 05.03.2026
Ispaniya bosh vaziri Erondagi urushga qarshi pozitsiyasini tasdiqladi
09:36 / 05.03.2026
Ispaniya AQShning harbiy hamkorlik haqidagi bayonotlarini rad etdi
12:55 / 04.03.2026
Tramp Ispaniyaga to‘liq savdo embargosi joriy etmoqchi
08:30 / 04.03.2026