20:40 / 20.10.2017
19826

Xalq ta'limi vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Jahongir Rahmonovich Sidiqov Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu haqdagi qarori 19 oktabr kuni imzolangan. 

Jahongir Sidiqov 2014 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat byudjyeti bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 19 oktabr kuni Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Sobitxon Toshpo‘latovich Turg‘unov yangi tashkil etilgan Maktabgacha ta'lim vazirligining yangi rahbari Agrepina Shinga o‘rinbosar etib tayinlandi.

Mavzuga oid
Top