Toşkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori, senator Agrepina Vasilevna Şin yangi taşkil etilgan Maktabgaça ta'lim vazirligining rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz ga Xalq ta'limi vazirligidagi manbalar ma'lumot berdi.

Şu vaqtgaça Xalq ta'limi vazirining birinçi örinbosari sifatida işlab kelayotgan Sobitxon Toşpölatoviç Turğunov esa yangi vazirga örinbosar etib ötkazilgan.

Eslatib ötamiz, yangi vazirlik Prezidentning 30 sentabrdagi «Maktabgaça ta'lim tizimi boşqaruvini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni hamda «Özbekiston Respublikasi Maktabgaça ta'lim vazirligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarori bilan taşkil etilgandi.

19 oktabr kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida maktabgaça ta'lim tizimini tubdan takomillaştiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.

Yangi vazirlik oldiga maktabgaça ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini işlab çiqiş va amalga oşiriş, maktabgaça ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmoğini kengaytiriş va moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlaş, maktabgaça ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olişni keskin oşiriş, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etiş orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantiriş hamda ularni maktabga tayyorlaş sifatini tubdan yaxşilaş vazifalari qöyilgan.