Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXShT bosh kotibi: Afg‘oniston shimolida terrorchilar faolligi oshishi kutilmoqda
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) bahorda Afg‘oniston shimolida terrorchilik tahdidi oshishini kutmoqda, u yerda hozirda qariyb 7 000 ming jangari to‘plangan, shu sababdan zarur mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bu haqda KXShT bosh kotibi Yuriy Xachaturov payshanba kuni Belgrad shahrida yoshlar forumining ochilishi doirasida ma'lum qildi.
«Afg‘oniston shimolida «Tolibon»ning katta va jiddiy kuchlari to‘planmoqda, bundan tashqari u yerda IShID ham paydo bo‘ldi. Afg‘oniston shimolida taxminan yetti ming jangari bor. Bu juda jiddiy», - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikistondagi tog‘lar hozir qor bilan qoplangan va terrorchilar bu bilan biror narsani qilishi qiyin.
«Lekin bahorda tayyor turish kerak. Shuning uchun hozir mashqlar o‘tkazamiz, ular dushmanlarga agarda Tojikiston respublikasi – Kollektiv xavfsizlik shartnomasi a'zosi hududiga kirishga urinib ko‘rishsa, biz kutib olish va jazolashga tayyor ekanligimizni ko‘rsatib beradi», - deya ta'kidlab o‘tgan Xachaturov.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026