Sport | 10:20 / 20.10.2017
10183
1 daqiqa o‘qiladi

Mesut O‘zil jamoadoshlariga boshqa klubga ketayotgani haqida aytdi

«Arsenal»ning germaniyalik yarimhimoyachisi Mesut O‘zil «Manchester Yunayted»ga o‘tadi.

Mirror xabariga ko‘ra, futbolchi bu haqda jamoadoshlariga aytgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zilning «kanonirlar» bilan imzolagan shartnomasi muddati 2018 yil yozida nihoyasiga yetadi. Agar u yangi mehnat bitimini rasmiylashtirmasa, istalgan klubga bepul o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Avvalroq, «Arsenal» 29 yoshli futbolchisini yanvar oyida 30 million yevroga sotishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid