Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qqiz yoshli «haydovchi» bo‘lgan jip to‘xtatildi, bolaning yonida giyohvand modda va qurol bo‘lgan
Foto: Ukraina Patrul politsiyasi
Ukrainaning Rovnen viloyatida politsiyachilar jipni to‘xtatishdi, uning boshqaruvida to‘qqiz yoshli bola bo‘lgan. Bu haqda Ukraina Patrul politsiyasi Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, bolaga yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan uning 33 yoshli otasi avtomobil haydashga ruxsat bergan. Politsiyachilar erkakdan hujjatlar taqdim etishni so‘rashgan, so‘ng mashina salonidagi qurolga e'tibor qaratishgan. Fuqaroda qurol olib yurish uchun hech qanday hujjatlar bo‘lmagan.
Shundan so‘ng to‘qqiz yoshli bola hojatxonaga borish uchun ruxsat so‘ragan va yo‘l-yo‘lakay 25 ta tabletka bo‘lgan paketni otib yubormoqchi bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, tabletkalar giyohvand moddalar, deya ta'kidlab o‘tishgan politsiyadan.
Erkak jarimaga tortildi, bola esa qonunbuzarning rafiqasiga topshirildi. Endi hodisa bo‘yicha tergovchilar ish olib boradi, deya ma'lum qilishdi politsiya vakillari.
Mavzuga oid
09:09
Rossiyada barcha “front uchun” ishlashi kerak - Putin
20:41 / 20.04.2026
Ukrainadagi urush robotlar va dronlar qarama-qarshiligiga aylanib bormoqda – OAV
18:48 / 20.04.2026
Rossiya armiyasiga yollangan o‘zbekistonliklar soni 4,8 mingdan oshdi – OAV
16:40 / 20.04.2026