Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan folbin qo‘lga olindi
Foto: Buxoro viloyati IIB
Vobkent tuman IIBga, Quruvchi MFY, Arabon ko‘chasi 28-uyda yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan nafaqadagi X.Z.H. ariza orqali murojaat qilib, noma'lum shaxs uning uyiga kelib, unga turli ko‘ngilsizliklar haqida gapirib, agar u aytgan ishlarni bajarmasa uyida va ro‘zg‘orida noxushliklar sodir bo‘lishini aytib, aldab, ishonchiga kirib, balo-qazolardan xalos etuvchi duo o‘qib berish evaziga undan 640.000 so‘m naqd pullarni, 2 dona jami bahosi 1.350.000 so‘mlik ayollar uzugini hamda bir dona xo‘roz va tovug‘ini qo‘lga kiritib voqea joyidan yashirinadi. Bu haqda KUN.UZ’ga Buxoro viloyati IIB xabar berdi.
Keyingi kuni o‘sha shaxsi noma'lum bo‘lgan ayol Zamira Xodjiyevaning uyiga qaytib kelib, uyida bo‘lgan barcha pullarini olib chiqishi lozimligini, ularga «duo solib berishini», duo solingan pullar barakalik bo‘lishini aytib aldab, ishonchiga kirib, undan 5000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, pullar o‘rniga qora selofanga o‘ralgan qog‘ozlarni almashtirib qo‘yib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan edi.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Tutzor MFY, Qorako‘l ko‘chasi 32-uyda yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan sudlangan M.G.B. sodir qilganligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan G.Mingboyevaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026