Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madrid Kataloniya muxtoriyatini to‘xtatish haqidagi moddani qo‘llashni ma'qulladi
Ispaniya hukumati Konstitutsiyaning Kataloniyada mustaqil boshqaruvni cheklash imkoniyatini beruvchi 155-moddasini harakat keltirish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda bosh vaziri Mariano Raxoy vazirlar mahkamasining favqulodda yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
"Hukumat 155-moddani qabul qilishga majbur bo‘ldi. Biroq bu bizning xohishimiz emasdi. Hamda hech qachon bunday bo‘lmagan", - deya aytib o‘tdi Raxoy.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, muxtoriyat cheklanmayapti, faqatgina qonun doirasidan chiqib ketgan Kataloniyani hukumati uzoqlashtirmoqda. Kataloniyada parlamentga muddatdan avval saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Hukumat qabul qilingan hujjatni senatga topshiradi, u esa bu masala bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qiladi.
Kataloniyada Ispaniyadan mustaqil bo‘lish to‘g‘risidagi referendum 1 oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. Markaziy hukumat va Konstitutsiyaviy sud uni noqonuniy deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid
18:49 / 08.07.2026
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026