Jahon | 11:50 / 21.10.2017
6118
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Misrda politsiyaning radikallar bilan to‘qnashuvi oqibatida 50 dan ortiq politsiyachi halok bo‘ldi

Foto: Reuters

Misrda radikallar bilan to‘qnashuvda politsiyaning 30 nafar xodimi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Ma'lum bo‘lishicha, jangarilar sahrodagi uylarda yashirinib olgan. Maxsus amaliyot o‘tkazish uchun zirxli mashinalar bilan ta'minlangan politsiyachilar guruhi safarbar etilgan. 

Politsiya hodimlari uylarga yaqinlashgan vaqtda granatomyotlardan o‘qqa tutilgan. Hozircha, Misr hukumati bu ma'lumotni tasdiqlagani yo‘q.

Biroq RIA Novosti agentligining mamlakat xavfsizlik xizmatidagi manbalariga asoslangan holda xabar qilishicha, Qohira yaqinidagi Al Vahat tumanida yuz bergan to‘qnashuvda Misr IIVning 54 xodimi halok bo‘lgan. 

«Politsiyaning 54 xodimi hayotdan ko‘z yumgan, shulardan 20 nafari ofitserlardir», — degan agentlik manbasi.

Uning aniqlik kiritishicha, amaliyot tugagan, politsiya va harbiylar to‘qnashuv yuz bergan hududni 40 km radiusda tozalash ishlarini o‘tkazmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid