Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google'ning Puerto-Rikodagi internet tarqatuvchi havo sharlari (suratlar)
Foto: Google Images
Google mintaqaning eng murakkab qismlariga favqulodda zarur internet aloqani yetkazib berish uchun Puerto-Riko oroli hukumati, Amerika hukumati va AT&T operatori bilan hamkorlikka doir shartnoma imzoladi. Buning uchun kompaniya Google X'da ishlab chiqarilgan Project Loon sharlarini ishga tushirdi.
Google havo sharlari asosiy kommunikatsiya - xabarlar yo‘llash va internetga kirish tizimini qo‘llab-quvvatlaydi, lekin faqat LTE-smartfonlarda. Kompaniya sharlar sinxronizatsiyasini boshqarish va ularni orol uzra ushlab turish uchun birinchi marta Puerto-Rikoda mashina ta'limoti algoritmlarini qo‘lladi.
Project Loon rahbari Alastar Vestgart tizimning hali hech bu qadar tez ishga tushmaganini ta'kidlab, loyihada ishtirok etgan barcha kompaniyalarga minnatdorchilik bildirdi. Vestgartning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya zarur mintaqalarga internet-aloqa yetkazib berishda davom etadi.
Apple 20 oktabr kuni AT&T operatori bilan hamkorlikda Puerto-Rikodagi LTE Band 8 tarmoqlarini faollashtirdi. Project Loon sharlari orol hududida litsenziyadan o‘tkazilmagan edi, biroq hukumat bu g‘oyani tasdiqladi. Apple kompaniyasi Band 8'ni faollashtirish orqali iPhone egalariga Google sharlaridan internetga ulanish imkonini taqdim etadi. Bundan tashqari, yangilangan tarmoq tufayli aloqa foydalanuvchilar orasida yanada sifatli taqsimlanadi.
Mavzuga oid
19:24 / 10.12.2025
Apple va Google hamkorlikni e’lon qildi - iPhone’dan Android’ga va aksincha o‘tish osonlashadi
18:18 / 08.12.2025
Google va Apple o‘zbekistonliklarni hakerlar hujumi haqida ogohlantirdi
23:35 / 28.11.2025
Google Gemini sun’iy intellekt platformasida o‘zbek tili joriy etildi
22:05 / 28.11.2025