Jahon | 19:06 / 23.10.2017
14489
1 daqiqa o‘qiladi

Bishkekda qurilayotgan bino quladi, jabrlanganlar bor

Foto: 24.kg

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda qurilayotgan binoning bir qismi qulashi oqibatida 10dan ortiq inson jabrlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston agentligi respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatiga asosan.

"Bishkekda qurilayotgan binoning bir qismi qulashi oqibatida o‘n bir kishi jabrlandi. Binoning ikkinchi qavati monoliti qulab tushgan", - deyiladi xabarda.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, jabrlanganlardan ikki nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan, qolganlar shifokor ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Foto: 24.kg
Foto: 24.kg
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid