Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘FF zo‘ravon futbolchini bir yilga diskvalifikatsiya qildi
21 oktabr kuni Oliy Liganing 25-turi doirasida «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Navbahor-Lochinlar» (Namangan) o‘yinida namanganliklar jamoasi futbolchisi Oybek Qilichev raqib jamoa futbolchisiga nisbatan tajovuzkor munosabatda bo‘lgan.
O‘FF matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, uning xatti-harakatlari O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining Intizom qo‘mitasi hamda Ijroiya Qo‘mitasi Byurosi tomonidan o‘rganib chiqilgan. Yig‘ilishlarda Oybek Qilichev O‘FF Intizom qo‘mitasi tomonidan 2017 yil 12 aprelidagi 2-sonli va 24 mayidagi 5-sonli qarorlariga ko‘ra, unga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy choralar va tayinlangan jarimalardan to‘g‘ri xulosa chiqarilmagani ta'kidlangan.
Yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya Qo‘mitasi Byurosi o‘z qaroriga muvofiq Oybek Qilichevga 10 million so‘m miqdorida jarima tayinlagan va u 1 yil muddatga futbolchilik faoliyatidan chetlatilgan.
Mavzuga oid
15:31 / 01.12.2025
Temur Kapadze O‘zbekistonda qoldi
17:57 / 31.10.2025
«Nasaf» muxlislari Namangandagi o‘yindan qaytishda YTHga uchradi
23:58 / 06.07.2025
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
13:44 / 30.03.2025