Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqiblari adashib boshqa tomonga yugurib ketgan sportchi Venetsiya marafoni g‘olibi bo‘ldi
Eritreyadan chiqqan italiyalik sportchi Ayub Jyebreyeue 22 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Venetsiya marafoni g‘olibi bo‘ldi. U 1995 yildan buyon ushbu marafonda g‘olib bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan birinchi italiyalik sportchidir.
Masofaning o‘rtasiga borib yetti sportchidan iborat guruh hosil bo‘lib, ular yaqin oradagi raqiblaridan (shu jumladan Jyebreyeuedan ham) ajralib qolishdi. Biroq yetakchilarga yo‘l ko‘rsatib borayotgan mototsikl boshqa joyga qayrilib, ularni o‘z orqasidan ergashtirib ketdi.
Natijada tarkibida Jyebreyeue bo‘lgan ishtirokchilar guruhi oldinga chiqib oldi - bundan avvalgi yetakchilar masofaga 25-kilometrda qaytishdi, biroq bu vaqtga kelib ular bir daqiqaga ortda qolishayotgan edi.
Italiyalik sportchi 2:12:16 natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Bu uning karerasidagi ilk g‘alabasi bo‘ldi. Finalga ikkinchi bo‘lib eritreylik sportchi Muhammad Muso yetib keldi, uning vaqt ko‘rsatkichi — 2:15:14.
Mavzuga oid
17:00 / 05.05.2026
Toshkentda ommaviy yugurish tadbiri: New Uzbekistan Annual Run–2026 marafoni bo‘lib o‘tdi
21:35 / 15.07.2025
114 yoshli marafonchi mashina tagida halok bo‘ldi
16:29 / 15.05.2025
Quyosh pechi, “sayyoralar paradi” va qimmatbaho sun’iy olmoslar – Venetsiyadagi o‘zbek pavilionida nimalar namoyish etilmoqda?
23:21 / 08.05.2025