XIX arxitektura biyennalesida Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi Grace studiyasi bilan hamkorlikda Toşkent modernizmining obektlaridan biri – Quyoş institutini körsatmoqda. Bu yilgi mavzu nima sabab aynan geomajmuaga bağişlandi? Jamğarma vakili Rayhona Rustamova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda şu haqda gapirib berdi. U “bu bilan butun dunyoga merosimiz va madaniyatimiz qançalik boy ekanini körsatmoqçimiz, asosiysi — bor narsani saqlab qolişning qançalik muhimligini namoyiş etişdir”, deydi.







