Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ba'zi futbolchilar Messini eng yaxshi uchtalikka ham kiritmagan
Dunyoning eng yaxshi futbolchisiga ovoz berish jarayonida ba'zi terma jamoalarning yetakchilari Lionel Messini kuchli uchtalikka kiritmagan.
Xususan, Italiya terma jamoasi sardori Janluiji Buffon Krishtianu Ronaldu, Paolo Dibala va Luka Modrichga ovoz bergan.
Belgiya sardori Eden Azar kuchli uchtalikka N`Golo Kante, Krishtianu Ronaldu va Luka Modrichni kiritgan.
Niderlandiya sardori Aren Robben o‘z ovozini Krishtianu Ronaldu, Serxio Ramos va Marseloga bergan.
Polsha sardori Robert Levandovski Manuel Noyyer, Arturo Vidal va Krishtianu Ronalduni kuchli deb hisoblagan.
Fransiya sardori Ugo Loris uchtalikka Krishtianu Ronaldu, Serxio Ramos va Harri Keynni kiritgan.
Armaniston sardori Genrix Mxitaryan o‘z ovozini Krishtianu Ronaldu, Janluiji Buffon va Neymarga bergan.
Kolumbiya sardori Xames Rodriges esa Ronaldu, Buffon va Levandovskini eng kuchli deb hisoblagan.
Mavzuga oid
16:34 / 12.06.2026
«Dunyoni biz boshqarmaymiz» – Infantino arbitr Artan AQShga kiritilmaganiga munosabat bildirdi
21:30 / 10.06.2026
Amerikada tarixdagi eng qimmat jahon chempionati boshlanmoqda - barchasi muxlislar puli hisobiga
10:10 / 09.06.2026
Jahon chempionati hakami AQShga kiritilmadi
20:05 / 28.05.2026