Chilonzor tumanida Bangladesh fuqarolariga uyushtirilgan bosqinchilik fosh etildi

2017 yilning 22 oktabr kuni taxminan soat 01:00 larda, R.D., J.F. va uch nafar noma'lum shaxs bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Qizil sharq mavzesida Bangladeshning uch nafar fuqarosiga hujum qilib, xorijliklarni pichoq bilan qo‘rqitib, ularga tegishli bo‘lgan jami bahosi 4.400 AQSh dollari turadigan mol-mulklari, shuningdek 700 AQSh dollari va 500.000 so‘m miqdoridagi pullarini egallab olib, jinoyat joyidan yashiringanlar.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi “b,v” bandi (bosqinchilik, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, ancha miqdordagi o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, jinoyatchilarning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxslarning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkin.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ruminiyada prezidentlik saylovida Buxarest meri g‘alaba qozondi
Jahon | 12:16
-
Durovni hayratlantira olgan va Telegram’ni o‘zbek tilida «gapirtirgan» tadbirkor: Timur Bakiyev bilan suhbat
O‘zbekiston | 12:00
-
Rossiyadan O‘zbekistonga qoramol eksporti hajmi oshdi
Iqtisodiyot | 11:57
-
Hafta davomida harorat ko‘tarilib borishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:53
Mavzuga oid

22:31 / 28.04.2025
BRICS yangi valuta yaratishni rejalashtirmayapti

10:11 / 20.03.2025
DXX 1,2 mln dollarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi

10:09 / 11.03.2025
195 ming qalbaki dollarning muomalaga kiritilishi oldi olindi

16:55 / 20.02.2025