Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Ezgu maqsad" fondiga xorijiy jismoniy va yuridik shaxslardan mablag‘lar olishga ruxsat berildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 oktabrdagi “Ezgu maqsad" xalqaro xayriya jamoat fondi faoliyatini yanada tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da 2021-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish Davlat dasturini bajarish yuzasidan hamda aholini ijtimoiy muhofaza qilish va salomatligini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek "Ezgu maqsad" xalqaro xayriya jamoat fondi faoliyatini tashkil etishga doir vazifalarni amalga oshirishni davom ettirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida” 2017 yil 14 iyuldagi PQ-3135-son qarori bilan “Xorazm shakar” AJ, “Angren shakar” MChJ va bir qator xorijiy kompaniyalarning "Ezgu maqsad" xalqaro xayriya jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlanganligi ma'lumot uchun qabul qilindi.
2. "Ezgu maqsad" xalqaro xayriya jamoat fondiga, istisno tariqasida, Fondning vakolatli bank tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan hisobraqamlariga xorijiy jismoniy va yuridik shaxslardan beg‘araz asosda mablag‘lar olishiga ruxsat etildi.
3. "Ezgu maqsad" xalqaro xayriya jamoat fondi olingan mablag‘lardan Fondning ustavdagi vazifalariga qat'iy muvofiq ravishda maqsadli va manzilli foydalanilishini ta'minlaydi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.Qo‘chqorov hamda ijro etuvchi direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi K.Sharipova zimmasiga yuklandi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026