Jahon | 20:30 / 24.10.2017
15057
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni mo‘'tadil islomga kelish niyatida

Foto: EPA-EFE/MAST IRHAM

Ar-Riyod dunyo uchun ochiq bo‘lgan mo‘'tadil islomga kelish niyatida. Bu haqida Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bin Abdul Aziz Ol-Saud seshanba kuni qirollik poytaxtida ochilgan xorijiy investorlar forumida ma'lum qildi. 

"Biz avvalgi - dunyo va qolgan barcha dinlar uchun ochiq bo‘lgan mo‘'tadil islomga kelish niyatidamiz", - deya ma'lum qildi taxt vorisi.

"Saudiya Arabistoni aholisining 70 foizi - 30 yoshdan kichik. Biz ekstremistik g‘oyalar sabab yana 30 yilni yo‘qotmoqchi emasmiz. Ularni bugunoq yo‘q qilamiz", - dedi shahzoda. 

Ta'kidlash joizki, 2030 yilgacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan iqtisodiy islohotlar dasturi uning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid