Jahon | 17:10 / 24.10.2017
8953
2 daqiqa o‘qiladi

Si Tszinpin nomi Xitoy Kommunistik partiyasi ustaviga kiritildi 

Foto: Reuters

Xitoy Kommunistik partiyasi o‘z ustaviga tuzatishlar kiritishni ma'qulladi, unga ko‘ra mamlakatning amaldagi yetakchisi Si Tszinpin va uning siyosiy mafkurasi hujjatda tilga olinadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Xususan, tuzatishga ko‘ra, hujjatda Si Tszinpin ismi va «Si Tszinpinning yangi davrdagi Xitoy xususiyatlariga ega sotsializm haqidagi nazariyasi» tilga olinadi.

Ta'kidlanishicha, Mao Tszedundan so‘ng Xitoy yetakchilaridan birontasi ham «hujjatga kiritilgan shu nomdagi mafkuraga ega bo‘lmagan». XXR sobiq yetakchisi Den Syaopinning ismi o‘limidan so‘ng – 1997 yilda kiritilgan.

Xitoy Kommunistik partiyasining XIX-qurultoyi seshanba kuni Xalq yig‘ilishlari uyida ustavga tuzatishlar kiritish bo‘yicha ovoz berish, XKP MQ va Intizomni tekshirish bo‘yicha Markaziy komissiya yangi tarkibini saylash bilan yakunlandi.

Markaziy qo‘mitaga 200 dan ortiq kishi kirdi, ular orasida XXR raisi Si Tszinpin va Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan ham bor. Kutilishicha, ular MQ Siyosiy byurosi va Siyosiy byuro doimiy qo‘mitasining a'zolariga ham aylanishadi.

Mavzuga oid