Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gonoluluda ko‘chani kesib o‘tish vaqtida telefondan foydalanganlik jazolanadi
AQShning Gavayi shtati poytaxti Gonoluluda ko‘chani kesib o‘tish vaqtida telefondan foydalanuvchi piyodalarga jarima joriy qilindi. Birinchi shunday qoidabuzarlik uchun jarima 15 dollardan 35 dollargachani, ikkinchisi esa 36 dollardan 75 dollargachani, uchinchisi esa 75 dollardan 99 dollargachani tashkil qiladi, deb xabar bermoqda New York Times nashri.
Yangi qonun 24 oktabrda kuchga kirdi. Shu ondan Gonolulu piyodalarga nisbatan bunday jazo kiritilgan dunyodagi ilk shahar bo‘ldi. Shahar kengashi a'zosi Brendon Elefantening aytishicha, "bu holat yo‘llardagi xavfsizlikni yaxshilovchi muhim hodisadir".
Yangi jazo turining kiritilishiga 2016 yilda piyodalar o‘limining 10 foizga oshishi sabab bo‘ldi. NY Times’ning xabar berishicha, bu qiymat 1990 yildan beri eng yuqorisi bo‘ldi. Shuningdek ta'kidlanishicha, smartfondan foydalanuvchi piyodalar 4 marta ko‘proq qoida buzadilar va ularga yo‘lni kesib o‘tish uchun 18 foiz ko‘proq vaqt talab etiladi.
Darvoqe, Toshkentda ham YHXB xodimlari yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tuvchi piyodalarni faol ravishda jarimaga tortishni boshlashdi. Qayd etilishicha, bunday qoidabuzar piyodalarga yo‘l harakati qoidalarining 19-bandi bo‘yicha eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima qo‘llanilmoqda (49 925 so‘m).
Mavzuga oid
09:39 / 19.06.2026
AI inqilobi smartfonlar narxini yanada oshirishi mumkin
18:13 / 10.06.2026
Smartfonni quvvatlashdagi asosiy xatolik aytildi
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
21:33 / 25.04.2026