Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston parlamenti Jumaqodirov egallagan lavozimga Kenekeyev nomzodini tasdiqladi
Qirg‘iziston parlamenti deputatlari chorshanba kuni respublika bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga Dair Kenekeyev nomzodini tasdiqladilar. Bu haqda TASS mamlakatning qonun chiqaruvchi organi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar tarqatdi.
«Parlament a'zolarining aksariyati Keenekeyev nomzodini qo‘llab-quvvatladi», - deya ma'lum qilishgan matbuot xizmatidan. Rejaga ko‘ra, bosh vazirning yangi o‘rinbosari hukumatda iqtisodiy blok masalalariga javob beradi.
Vazirlar Mahkamasi rahbari Sapar Isoqov tomonidan nomzodi tavsiya etilgan Kenekeyev bugungi kunga qadar respublikaning Talas viloyatida hukumatning vakolatli vakili sifatida ishlagan.
Kenekeyev Novosibirsk qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji va Qirg‘iziston xalqaro universiteti bitiruvchisi. Shuningdek, u Qirg‘iziston qurilish, transport va arxitektura davlat universiteti diplomiga ega.
Avvalroq bu lavozimni Qirg‘izistonning Chuy viloyatidagi Sadovoye qishlog‘ida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 7 oktabr kuni vafot etgan Temir Jumaqodirov egallagan.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026