19:50 / 25.10.2017
16975

Sayt xavfsiz ekanini qanday aniqlash mumkin? SSL-sertifikati nima?

Sertifikat saytning raqamli imzosi bo‘lib, tarmoq bo‘yicha ma'lumotlarni uzatishda protokolni himoya qilish uchun zarur bo‘ladi. Soddaroq qilib aytilganda, u sayt va foydalanuvchining xavfsiz bog‘lanishi ta'minlab beradi. Shuningdek, sertifikat orqali foydalanuvchi sayt haqida ko‘plab savollariga javob topishi mumkin. Masalan, resurslar kimga tegishli va saytning haqiqiyligini aniqlash mumkin.

Saytning himoyalanganligini bilish mumkinmi?

Albatta, manzil yozilgan qatorga (URL) e'tibor qilsangiz, yashil yozuv bilan saytning qaysi kompaniyaga tegishli ekani bildirilgan bo‘ladi. Bundan tashqari http protokoliga s (secure - xavfsiz) qo‘shimchasi qo‘shiladi.

Qonunga xilof ish qilinmaganda ham, nega saytning xavfsizligi haqida qayg‘urish kerak?

Internet saytdan foydalangan har bir foydalanuvchi o‘zi haqida ko‘plab ma'lumotlarni oshkor etadi. Agar saytning SSL-​sertifikati bo‘lmasa, kiritilgan shaxsiy ma'lumotlar uchinchi shaxs tomonidan o‘g‘rilanishi hech gap emas. Shuning uchun, internet-do‘kon, bank, to‘lov tizimlari va ijtimoiy tarmoqlarga tashrif buyurganda sayt sertifikatiga e'tibor qiling.

Sertifikati mavjud saytlar xakerlar hujumiga uchramaydimi?

Xakerlar uchun saytning himoya devorini buzib kirish, sertifikati bo‘lsa ham, hech qachon oshiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bu yerda masala foydalanuvchining kiritayotgan axborotlar yo‘lagini tutib olish haqida ketmoqda. Qolaversa, foydalanuvchi ishonchli manbaga murojaat etganini bilishi darkor.

Sertifikat qanday ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin?

SSL-​sertifikatdan tashqari, turlicha himoya vositalari bor. Avvalo, ular domen va subdomenlarning soni bilan farqlanadi. Undan tashqari, SSL-​sertifikatlari butun dunyo bo‘yicha tasdiqlangan 10ga yaqin markaz tomonidan taqdim etiladi.

Top