Sport | 21:00 / 25.10.2017
9716
2 daqiqa o‘qiladi

Uzoq masofaga yugurish bo‘yicha Yevropa chempioni doping operatsiyasida qo‘lga olindi

Foto: EPA

Yevropaning 5000 metrga yugurish bo‘yicha amaldagi chempioni Ilyos Fifa chorshanba kuni Barselonada doping maxinatsiyalaridagi ishtiroki uchun qo‘lga olindi. Bu haqida DailySabah xabar berdi

Marokashda tug‘ilgan, biroq 2015 yildan Ispaniya nomidan musobqalarda qatnashib keluvchi Fifa chorshanba kuni ertalab Kataloniya poytaxti chekkasidagi Santa-Koloma-de-Grameneda qo‘lga olindi.

28 yoshli yigit maxsus aksildoping operatsiyalari davomida qo‘lga olinganlarning biri xolos, deyiladi Kataloniya Oliy sudi bayonotida. 

Sud, shuningdek, mazkur operatsiya iyun oyida boshlangan politsiya tergovining davomi ekanini tasdiqladi. 

Fifa Amsterdamdagi Yevropa-2016 chempionatida Mo Farahning yo‘qligidan foydalanib, oltin medalga sazovor bo‘lgan. 

Ilyos Fifa — asli marokashlik bo‘lgan ispan yengil atletikachisi, u uzoq masofalarga yugurish bilan shug‘ullanadi. 5000 metr masofaga yugurish bo‘yicha Yevropaning 2016 yilgi chempioni. Ispaniya chempioni. 2016 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. 

Mavzuga oid