Gvatemala futbol federatsiyasining sobiq bosh kotibi korrupsiya ishi bo‘yicha ozodlikdan mahrum etildi
FIFAdagi korrupsiya ishi bo‘yicha o‘z aybini tan olgan, Gvatemala futbol federatsiyasining sobiq bosh kotibi Ektor Truxilo AQShda 8 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Associated press axborot agentligi xabar bermoqda.
Sud yig‘ilishi Nyu-Yorkning Bruklin tumani federal sudida bo‘lib o‘tgan. 63 yoshli Truxilo FIFAdagi korrupsiya ishi bo‘yicha AQShda sudlangan ilk ayblanuvchi bo‘ldi.
Sobiq amaldor 2018 va 2022 yillardagi jahon chempionati uchun marketing huquqlari uchun turli shaxslardan 175 ming yevro miqdorida pora olganini tan olgan. Dastlab Truxiloga 20 yil ozodlikdan mahrum bo‘lishi xavf solayotgandi. U tergov bilan hamkorlik qilishga qaror qilib, aybini tan olgandan keyin, prokuratura unga uch yildan kam bo‘lmagan qamoq jazosi berilishiga rozi bo‘lgan. Birioq sud oxir-oqibat sobiq amaldorga yumshoqroq jazo hukmini chiqargan.
FIFA tarixidagi eng yirik mojaro 2015 yil 27 mayida Tsyurixda tashkilotning yuqori lavozimli mansabdor shaxslari, jumladan FIFAni rivojlantirish bo‘yicha sobiq direktori, Nikaragua futbol federatsiyasining sobiq prezidenti Xulio Rocha, FIFA vitse-prezidenti Euxenio Figeredo, FIFA ijroiya qo‘mitasi a'zosi Eduardo Li, Braziliya futbol konfederatsiyasining sobiq prezidenti Xose Mariya Marin, Venesuela futbol federatsiyasining prezidenti Rafael Eskevel qo‘lga olingandan keyin avj olgan.
O‘shanda hammasi bo‘lib FIFAning 14 nafar amaldagi va sobiq mansabdor shaxslariga ayblov bildirilgan. AQSh adliya vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar 24 yil ichida 150 mln dollardan ko‘proq qiymatdagi pora olishgan. Tsyurixda 3 dekabrda yana hibsga olishlar bo‘lib o‘tgan. Unda KONKAKAF’ning sobiq prezidenti, FIFAning sobiq vitse-prezidenti Alfred Xavit, KONMeBOL rahbari va FIFA vitse-prezidenti, paragvaylik Xuan Anxel Napout hibsga olinganlar. FIFAdagi korruptsi ishi bo‘yicha hammasi bo‘lib 42 kishi o‘tmoqda.
Mavzuga oid
18:21 / 08.11.2024
Gvatemalada sobiq Bosh shtab boshlig‘i uchun qariyb 3 ming yil qamoq jazosi so‘raldi
23:09 / 05.10.2024
Gvatemalada o‘zbek migrantlari kontrabandasi bilan shug‘ullangan politsiyachilar hibsga olindi
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
19:11 / 23.08.2024