Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hillari Klinton 70 yoshni qarshiladi
Hillari Dayan Rodem 1947 yilning 26 oktabrida Chikagoda tug‘ilgan. U bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘i va AQShning bo‘lg‘usi prezidenti Bill Klinton bilan nufuzli Yyel universitetida yuridik bilimlarni egallayotgan davrida tanishgan. Hillari hayotining aksariyat qismini turmush o‘rtog‘ining siyosiy karerasi soyasida o‘tkazdi, biroq o‘zining ham siyosatga qiziqishi katta bo‘lgan. Taqdir taqozosi bilan Monika Levinski bilan bog‘liq mojaro nafaqat Xillariga nisbatan hurmat uyg‘otdi, balki uning siyosiy karerasiga ham turtki berdi. O‘shanda, 1998 yilda butun mamlakat u va turmush o‘rtog‘i uchun og‘ir damlarda Xillarining munosib xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatgan.
Bill Klintonning prezidentlik davri nihoyasiga yetgach, Hillari dastlab Nyu-York shtati senatori bo‘ldi, 2008 yilda esa Demokratik partiya praymerizida bo‘lg‘usi prezident Barak Obama bilan raqobatlashdi. Shundan so‘ng muhim lavozimlardan biri - davlat kotibi lavozimida faoliyat yuritdi va qattiqqo‘l diplomat sifatida nom qozondi. 2016 yilda Hillari Klinton mamlakat prezidenti saylovlarida demokratlar nomzodi bo‘ldi - u saylovchilar ovozi soni bo‘yicha respublikachilar vakili Donald Trampni ortda qoldirdi, biroq tanlovchilar ovozi soniga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi. 70 yoshni qarshilagan sobiq prezidentning turmush o‘rtog‘i, sobiq davlat kotibi va sobiq prezidentlikka nomzod Hillari Klinton fotogalereyamizda.
Sobiq AQSh davlat kotibi Hillari Klinton o‘zining "Butun bir qishloq kerak" kitobi nusxasi bilan, 2017 yilning sentabri
Hillari Klinton o‘z nomidagi huquq maktabining tantanali ochilishida, 2017 yilning 14 oktabri
Hillari Klinton bolaligida
Hillari Klinton Uellsli kolleji oldidagi Vaban ko‘lida
Hillari Klinton (o‘rtada) Uellsli kollejidagi talabalar namoyishida
Bill va Hillari Klinton yoshlikda, 1971 yil
Hillari Klinton, 1985 yil
Bill va Hillari Klinton yangi tug‘ilgan qizlari Chelsi bilan, 1980 yil
Hillari Klinton novvoyxonada, Nyu-York, 1992 yil
Barak Obama va Hillari Klinton Filadelfiyadagi Demokratik partiya s'yezdida, 2016 yil
Vladimir Putin va Hillari Klinton, 2012 yil
Donald Tramp va Hillari Klinton debatlarda
Hillari Klinton Tripolida liviyalik askarlar bilan, 2011 yil
Hillari Klinton Bosniya va Gertsegovinadagi amerikalik askarlar bazasida, 1996 yil
Hillari Klinton Filadelfiyadagi Demokratik partiya s'yezdida, 2016 yil
Bill va Hillari Klinton Filadelfiyadagi saylov oldi kampaniyasi vaqtida samolyot bortida, 2016 yil
Hillari Klinton Oq uyda Rojdestvo torti bilan, 1995 yil
Bill va Hillari Klinton Vashingtondagi tantanali kechki ovqatda, 1993 yil
Hillari Klinton Kanzas-sitidagi shifoxona ziyorati vaqtida bolalarga kitob o‘qib bermoqda, 1997 yil
AQShning birinchi xonimi Hillari Klinton va qo‘shiqchi Barbara Streyzand prezident Bill Klinton ishtirokidagi tadbirda, 1995 yil
Hillari Klinton suratlaridan kollaj
Mavzuga oid
22:32 / 04.03.2026
Klintonlar Epshteyn ishi bo‘yicha ko‘rsatma berdi – tafsilotlar
20:02 / 17.02.2026
«G‘arbga xiyonat qildi». Hillari Klinton Trampning siyosatini keskin tanqid qildi
19:54 / 10.12.2025
Ash-Shar’adan Bill Geyts, Klintongacha: Doha forumi qanday o‘tdi?
22:29 / 12.09.2024