Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi bo‘sh lavozimlarga ishga taklif etadi
Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tergov boshqarmasiga bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov e'lon qilmoqda. Tanlovda oliy – huquqshunos diplomiga ega, muddatli va safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmat o‘tagan yoki oliy o‘quv yurtining harbiy kafedrasi kursini tamomlab, ofitserlar zaxirasiga kiritilgan, bo‘yi 170 smdan kam bo‘lmagan, 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
Shu o‘rinda eslatib o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 18 apreldagi PQ-2898 sonli Qaroriga muvofiq, 2017 yil 15 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlari tomonidan jinoyatlarni tergov qilish hamda fosh etish samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi 727-sonli Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik va tergov qilganlik uchun pul mukofotlari bilan taqdirlash tartibi belgilab berilgan.
Maxsus malaka darajasi uchun eng kam oylik ish haqining uch, to‘rt va besh baravari miqdorida qo‘shimcha ustamalar belgilangan. Maxsus malaka darajalari xodimlarga belgilangan baholash mezonlari asosida beriladi. Ichki ishlar idoralarida ishlab, mamlakatda jinoyatchilikning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni o‘z vaqtida zudlik bilan fosh etilishiga hissa qo‘shish sizning orzungiz bo‘lsa, quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:
Murojaat uchun telefonlar:
+998 71 264-40-30,
+998 71 269-16-41
+998 99 802-23-92
Mavzuga oid
11:20 / 22.06.2026
Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan ikki boladan birining jasadi topildi
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
08:45 / 16.06.2026